Joylarda muborak Ramazon hayitini munosib tarzda kutib olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda
Mamlakatimizda bu yilgi muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli joylarda mas’ul idoralar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, keksa va nogiron insonlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu ishlar, albatta, inson qadrini yuksaltirish, jamiyatda tinchlik, do‘stlik, o‘zaro hurmat, saxovat, bag‘rikenglik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ramazon hayiti arafasida Federatsiyaning Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasida uzoq yillar mehnat faoliyati olib borgan hamda bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan G‘.Ergashev hamda B.Solievlar xonadonlarida bo‘linib, ularning holidan xabar olindi. Ular bilan olib borilgan suhbatlar asnosida otaxonlar mamlakatimiz rahbariyati tomonidan jyolarda olib borilayotgan bu kabi xayrli ishlar uchun duoga qo‘l ochdilar.



Post Comment