Farg‘onada tuman (shahar) jamiyatlari hamda tayanch guruhlari faollarining yig‘ilishlari start oldi
Bugun – 16 sentyabr kunidan boshlab O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Farg‘ona viloyatidagi tuman (shahar) jamiyatlari hamda tayanch guruhlari faollarining yig‘ilishlari start olmoqda.
Viloyatimizdagi 19 ta tuman (shahar) jamiyatlar tomonidan bu kabi tadbirlar joriy yilning 14 oktyabriga qadar o‘tkaziladi hamda ularda tizim tashkilotlari xodimlari va tayanch guruhlari faollari ichidan viloyat konferensiyasiga delegatlar saylanadi. Shundan so‘ng oktyabr oyida Federatsiyaning Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Noyabr oyida esa Federatsiyaning hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Shu nuqtai nazardan bugun viloyat hududiy birlashmasi Majlislar zalida Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati va tayanch guruhlari faollarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masalalar shahar jamiyatining 2021-2025 yillar davomidagi faoliyati bo‘yicha hisoboti hamda viloyat konferensiyasiga delegatlar saylashdan iborat bo‘ldi.
Yig‘ilishda dastlab Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi Nodirjon Toshkanovning hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi vazifalar yuzasidan ma’ruzasi tinglanib, unda keltirilgan ma’lumotlar tayanch guruhlari faollari muhokamasidan o‘tkazildi hamda hisobot davrida olib borilgan ishlarni qoniqarli deb topildi.
Shundan so‘ng, yig‘ilish viloyat hududiy birlashmasining hisobot-saylov konferensiyasiga delegatlar saylash bilan o‘z ishini yakunladi.



Post Comment