Uchko‘prik tumanida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish faoliyati sarhisob qilindi

Uchko‘prik tumanida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish faoliyati sarhisob qilindi

Uchko‘prik tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamda tayanch guruhlari faollarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda jamiyatning o‘tgan davrdagi faoliyati, amalga oshirilgan ishlar va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yo‘nalishidagi vazifalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda tuman jamiyatining 2021–2025 yillardagi faoliyati yakunlari yuzasidan hisobot taqdim etilib, ushbu davrda aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berish, iste’molchilarning buzilgan huquqlarini tiklash hamda aholi o‘rtasida iste’molchilik madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi.

Muloqotda tayanch guruhlari faollarining joylardagi roliga ham alohida e’tibor qaratildi. Chunki iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda mahalla darajasida aholi bilan yaqin muloqot o‘rnatish, ularni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va zarur hollarda tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish muhim ahamiyatga ega.

Yig‘ilish davomida bugungi kunda iste’molchilik sohasida yuzaga kelayotgan yangi muammolar, aholining huquqiy xabardorligini oshirish, onlayn savdo va xizmatlardan foydalanishda iste’molchilarning hushyorligini kuchaytirish, shuningdek, jamoatchilik asosidagi nazorat ishlarini samarali tashkil etish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbir yakunida tuman jamiyati va tayanch guruhlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholi bilan manzilli ishlashni kuchaytirish va iste’molchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda amaliy natijadorlikni oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Zero, iste’molchining huquqi mahallada himoya qilinsa, jamiyatda huquqiy madaniyat va ishonch muhiti yanada mustahkamlanadi.

Post Comment