Nuqsonli akkumulyator puli isteʼmolchiga qaytarildi
Tumanimizdagi Kichik Kenagas qishlog`ida yashovchi fuqaro R. Mamajonov tumandagi savdo do`konlarining biridan 530 ming so`mga shaxsiy avtomobili uchun akkumulyator xarid qilgan. Savdo do`koni sotuvchisi oldi-sotdi jarayonida tovarga bir oyga kafolat muddati belgilagan.
Isteʼmolchi savdo do`koni xodimining labziga ishonib, akkumulyatorni avtomashinasiga o`rnatib, foydalana boshlagan. Lekin hali bir oy muddat o`tmasdan akkumulyator quvvati pasayib, nuqsonlari yuzaga chiqqan. Isteʼmolchi savdo do`koni xodimiga nuqsonli akkumulyatorni olib borgan. Lekin savdo do`koni xodimi har xil bahonalar qilib, mahsulotni almashtirib bermagan. Shundan so`ng isteʼmolchi Uchko`prik tumani IHHQ jamiyatiga murojaat qilishga majbur bo`lgan.
Jamiyat mutaxassislari savdo do`koniga borib qonun hujjatlarida ko`rsatilgan tartib-qoidalar haqida savdo do`koni rahbariga tushuntirishlar olib borishi natijasida nuqsonli chiqqan akkumulyator puli isteʼmolchiga qaytarildi.
– Sizlardan juda ham minnatdorman,–deydi R. Mamajonov. Xalq manfaati yo`lida olib borayotgan xayrli ishlaringizda hamisha omad yor bo`lsin.
Nargizaxon ShERАLIEVА,
Uchko`prik tumani IHHQ jamiyati jamiyati matbuot va axborot bo`yicha mutaxassisi
Post Comment