Xalqaro forum o`z ishini boshlashiga oz fursat qoldi

Xalqaro forum o`z ishini boshlashiga oz fursat qoldi

2020 yilning 15-18 yanvarь kunlarida Toshkent va Samarqand shaharlarida Birinchi Yevropa va Osiyo mamlakatlari isteʼmolchilar Forumi o`tkaziladi.
Xalqaro isteʼmolchilar Konfederatsiyasi (KonfOP), O`zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va “Yuksalish” umummilliy harakati mazkur Forum tashkilotchilari hisoblanadi.
Forum ishida Xalqaro isteʼmolchilar tashkiloti (Consumer International) prezidenti Marimutu Nadason, Xalqaro isteʼmolchilar jamiyatlari konfederatsiyasi boshqaruvi raisi Dmitriy Yanin, Buyukbritaniya, Belgiya, Koreya, Isroil, Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarusiya, Hindiston, Ozarbayjon, Tojikiston, Qirg`iziston davlatlari va Yevropa Ittifoqi isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish tashkilotlari vakillari, Rossiya isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligi bo`yicha Federal xizmati (Rospotrebnadzor), Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi, Rossiya sifat tizimi (Roskachestvo) rahbar va masʼul xodimlari ishtirok etadi.
Forum kun tartibiga jami uchta yalpi majlis va mos ravishda “Turizm sohasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish”, “Barqaror isteʼmol madaniyati” va “Elektron tijorat sohasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va raqamli tovarlar” singari isteʼmolchilar tashkilotlari oldida turgan o`ta dolzarb mavzular kiritilgan.

Hududiy birlashma Matbuot xizmati

Post Comment