Yo`l xaritasi asosida tadbirlar o`tkazilmoqda

Yo`l xaritasi asosida tadbirlar o`tkazilmoqda

Hududiy birlashma tomonidan 2020 yil 1-chorakda amalga oshiriladigan ishlar bo`yicha yo`l xaritasiga ko`ra, viloyat hududidagi taʼlim muassasalari o`qituvchi va o`quvchilari o`rtasida «Men – yosh isteʼmolchiman» mavzusida turli shakllardagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkillash hamda tegishli tuman va shahar jamiyatlari bilan hamkorlikda o`tkazib borish belgilangan edi. Toshloq tumanidagi 2-umumtaʼlim maktabida tashkillangan tadbir yuqoridagi reja asosida ishlib chiqilgan grafik asosida o`tkazilib, unda maktabning yuqori sinf o`quvchilari ishtirok etdilar.
Tadbirda o`quvchilarga yurtimizda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish to`g`risidagi qonunchilik asoslari, isteʼmolchilik ijtimoiy harakati tarixi, yurtimizda mazkur harakatni yanada rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, bu borada jahon mamlakatlari tajribasi kabi masalalar bo`yicha atroflicha maʼlumotlar berib o`tildi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan o`quvchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, uning faol ishtirokchilariga kitoblar sovg`a qilindi.
Yuqoridagi tadbirlar 15 mart «Xalqaro isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish kuni»ga qadar viloyatimizning boshqa taʼlim muassasalarida ham tizimli asosda o`tkazib boriladi.

Hududiy birlashma Аxborot xizmati

Post Comment