Tovardagi nuqsonlarni bepul bartaraf etish tartiblarini bilasizmi?

Tovardagi nuqsonlarni bepul bartaraf etish tartiblarini bilasizmi?

«Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida»gi qonunning 15-moddasida tovar nuqsonlarini bepul barataf etish tartiblari bo`yicha normalar belgilab berilgan. Unga ko`ra:

Tovarda kafolat muddatida topilgan nuqsonlarni sotuvchi isteʼmolchi tegishli talab qo`ygan paytdan eʼtiboran yigirma kun ichida, ishlab chiqaruvchi esa, o`n kun ichida bepul bartaraf etishi lozim.

Isteʼmolchi kafolat muddati tugaganidan keyin tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish to`g`risida ishlab chiqaruvchiga talab qo`yishga haqli. Bunday talab, basharti tovarda ishlab chiqaruvchining aybi bilan yo`l qo`yilgan jiddiy nuqsonlar aniqlangan bo`lsa, belgilangan xizmat muddati mobaynida, agar xizmat muddati belgilanmagan bo`lsa, o`n yil mobaynida qo`yilishi mumkin.

Uzoq muddat davomida foydalaniladigan tovarni taʼmirlashga ketadigan vaqtda foydalanib turish uchun isteʼmolchining talabiga binoan nuqsonli tovar qaytarib berilganidan keyin uch kun ichida unga ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovar berib turiladi (sotuvchining hisobidan uning o`zi yoki vakili eltib beradi). Buning uchun ishlab chiqaruvchi sotuvchi bilan birgalikda shartnoma asosida tovarlarning almashuv fondini nazarda tutishlari shart. Mazkur talablar tatbiq etilmaydigan uzoq muddat davomida foydalaniladigan tovarlar ro`yxatini O`zbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydi.

Tovardagi nuqsonlarni bartaraf etish xususida talab qo`yilgan taqdirda, undan foydalanishning kafolat muddati isteʼmolchining tovardan foydalana olmagan davrga teng muddatga uzaytiriladi. Mazkur muddat isteʼmolchi nuqsonlarni bartaraf etish talabi bilan murojaat etgan kundan eʼtiboran hisoblana boshlaydi.

Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) isteʼmolchining taʼmirlashga ketadigan vaqtda foydalanish uchun shunday tovarni berib turish haqidagi talabini bajarish kechiktirilgan har bir kun uchun, shuningdek, nuqsonlarni bartaraf etishning shartnomadan kelib chiqadigan muddatlaridan ortiq kechiktirilgan har bir kun uchun tovar narxining bir foizi miqdorida isteʼmolchiga neustoyka (penya) to`laydi.

Tartiblar bilan mazkur video orqali tanishing:

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Post Comment