Kosonda yana bir ziyo maskani ochildi

Kosonda yana bir ziyo maskani ochildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.09.2017 yildagi «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ib qilish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to`g`risida»gi PQ-3271-sonli qarori hamda yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo`yicha beshta muhim tashabbuslari doirasida Federatsiya tashabbusi bilan joylarda “Isteʼmolchilar kutubxonasi” va “Isteʼmolchilar uyi” loyihalari amalga oshirilayotganidan xabaringiz bor.

Birgina Farg`ona viloyatimizning o`zida 2019-2020 yillar oralig`ida Oltiariq, Rishton, Bag`dod va Farg`ona tumanlari markazlarida ushbu loyiha doirasida ishlar olib borilib, bitta “Isteʼmolchi kutubxonasi” va uchta “Isteʼmolchi kutubxonasi” va tuman jamiyati maʼmuriy binosini ham o`z ichiga olgan komplekslar qurib bitkazilib ishga tushirildi.

Bugun mazkur loyiha doirasidagi yana bir ziyo maskani o`z ishni boshladi. Ushbu maskan Qashqadaryo viloyatining Koson tumani markazida barpo etildi. Majmua “Isteʼmolchilar kutubxonasi, chevarxona va tuman jamiyati maʼmuriy binosini o`zida mujassam etgan.

Tadbirda Federatsiyaning viloyat hududiy birlashmasi raisi Аxrorjon Raxmonaliev boshchiligidagi farg`onalik isteʼmolchilik ijtimoiy harakati vakillari delegatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda.

(rasmlar Koson tumanidagi binoning ochilish marosimida olingan)

Hududiy birlashma Аxborot xizmati

Post Comment