Fuqaroga jarima belgilandi, ammo…. QАRZDOR EMАS, HАQDOR BO`LIB ChIQDI

Fuqaroga jarima belgilandi, ammo…. QАRZDOR EMАS, HАQDOR BO`LIB ChIQDI

Federatsiyamizning 1091 “Ishonch telefoni”ga tushgan arizaga ko`ra Toshloq tumani Katta ko`cha mahalla fuqarolar yig`ini hududida yashovchi N. Mahmudovning xonadoniga nisbatan ichimlik suvi isteʼmolchisi sifatidagi majburiyatlarini to`laqonli bajarmaganligi holatidan kelib chiqib qo`llanilgan 259000 (ikki yuz ellik to`qqiz ming) so`m jarimaning asossiz belgilanganligi maʼlum bo`ldi.
Fuqaroning noroziligiga oydinlik kiritish maqsadida “Fargʼonasuvtaʼminot” MChJ tuman filiali mutaxassislari bilan birga holat yuzasidan o`tkazilgan o`rganishlar davomida filial kompyuter bazasi maʼlumotlarida haqiqatan ham isteʼmolchiga nisbatan 259000 so`m jarima belgilanganligi qayd qilindi. Isteʼmolchining unga jarima qo`llanilgan davrdagi to`lovlari qayta hisob-kitob qilinganda belgilangan jarima noto`g`ri qo`llanilgani aniqlanib, fuqaro N. Mahmudov bugungi kun holatiga qarzdor emas, 135000 (bir yuz o`ttiz besh ming) so`mga haqdor bo`lib chiqdi.

Husnidaxon Yakubova,
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment