Targ‘ibot oyligida faol bo‘laylik

Targ‘ibot oyligida faol bo‘laylik

Tizimda e’lon qilingan targ‘ibot oyligi doirasida Farg‘ona shahar jamiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasi mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazish, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlarni mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tasarrufidagi shifoxonalarda turli ma’naviy-ma’tifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Tadbirlarda shifokorlarni bugungi kunda amalga oshirayotgan ishlari uchun minnatdorchilik bildirilib, Prezidentimizning Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasi bilan belgilab berilgan vazifalar, jumladan qabul qilingan hujjatlar ijrosini tashkil etishda jamoatchilik ishtiroki va nazoratini keng yo‘lga qo‘yish, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishda nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi vazifalar, shuningdek “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi. Ushbu tushuntirishlar davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga to‘laqonli javoblar berildi.

Shermurod Oxunov
Farg‘ona shahar IHHQJ mutaxassisi

Post Comment