Tadbirlar navbatdagi mahallalarda davom ettirildi
Uchko‘prik tumanida targ‘ibot oyligi doirasidagi tadbirlar tizimli asosda davom ettirilmoqda.
Navbatdagi targ‘ibot tadbirlari Yangiyo‘l, Navro‘z va Chang mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari ishtirokida tashkillandi.
Ularda so‘z olganlar mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda nodavlat notijorat hamda jamoat tashkilotlarining tutgan o‘rni va ahamiyati, mamlakatimizda qabul qilinayotgan hujjatlar ijrosi ustidan jamoatchilik nazorati keng yo‘lga qo‘yilishi, bu o‘rinda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan olib boriladigan hamkorlik masalalarida fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
Mahalla ahlini qiynab turgan iste’molchilik sohasiga oid masalalar va tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga tuman jamiyati mas’ullari tomonidan javoblar qaytarildi.
Nargizaxon Sheralieva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment