Yozyovonda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Yozyovonda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Yozyovon tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari tomonidan targ‘ibot oyligi doirasida hududdagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ta’lim muassasalarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda.

Jumladan Qoratepa mahalla fuqarolar yig‘ini faollari va 28-umumta’lim maktabi o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvlarda O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlarining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi.

Federatsiya va uning hududiy organlari tomonidan aholining iste’molchilik huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ichki bozorda sotilayotgan iste’mol tovarlari va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning zarur sifati va xavfsizligini, hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining boshqa talablarini ta’minlash yuzasidan o‘tkazilayotgan o‘rganishlar natijalari yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tilib, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Rasmda 28-umumta’lim maktabidagi tadbirdan lavha.

Raxmatillo Shodmonov
Yozyovon tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment