Qarzim bo‘lmasada qarzsan deyishgandi
Federatsiyaning Rishton tumani jamiyatiga Oqer MFY Yangi hayot ko‘chasida yashovchi O. Jabborovdan murojaat kelib tushdi. Murojaatda bayon qilinishicha, “Rishtontumangaz” bo‘limi tomonidan unga 817 389 (sakkiz yuz o‘n yetti ming uch yuz sakson to‘qqiz) so‘m qarzdorlik mavjudligi bo‘yicha ogohlantirish xati berilgan. Iste’molchi esa ushbu miqdorda qarzdorlik yo‘qligini, holatga aniqlik kiritib berilishini so‘ragan.
– Ogohlantirish xati olishimdan bir oy oldin “Rishtontumangaz” bo‘limiga kelib, iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun to‘lovlarni idora komp’yuter operatori bilan solishtirma qilgandik. Shundan so‘ng 200 000 (ikki yuz ming) so‘m to‘lov qilganman, – deydi O. Jabborov o‘z murojaatida.
Iste’molchi murojaati asosida o‘tkazilgan o‘rganishlarda, tumangaz idorasi “Billingaz” dasturidan olingan ko‘chirma hamda fuqaroning haqiqatda amalga oshirgan to‘lovlari bo‘yicha qo‘lida mavjud cheklari asosida qayta hisob-kitob ishlari o‘tkazilganda, fuqaroga yuborilgan ogohlantirish xatida ko‘rsatilgan qarzdorlikning asossizligi ma’lum bo‘ldi.
Murojaat egasiga bu haqda ma’lum qilinib, asossiz qarzdorlikni gaz idorasining “Billingaz” dasturidan olib tashlanishiga erishildi.
Xusniddin Latipov
Rishton tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment