Huquqiy bilimni oshirib borish iste’mol madaniyati sari qo‘yilgan muhim qadamdir
Quva tuman jamiyatining asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida hududdagi 36-maktabgacha ta’lim muassasasida “Yuksak iste’mol madaniyati sari” mavzusida o‘quv seminari tashkillandi.
O‘quv seminari kun tartibidagi masalalar yuzasidan tuman jamiyati Matbuot va axborot mutaxassisi Feruza Umurzaqova va huquqiy himoya mutaxassisi Axmadjon Tuxtaboevlar so‘z olib, yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatining vujudga kelishi, bugungi holati va ertangi kuni, Federatsiya va uning hududiy organlari tomonidan aholini mazkur ijtimoiy harakatga keng jalb qilish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
Tadbirda so‘z olgan seminar ishtirokchilari kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tilishi barobarida, maktabgacha ta’lim muassasasi jamoasi a’zolarini kundalik turmush va ish faoliyatlari davomida iste’molchi sifatida qiynab turgan muammoli vaziyatlar yuzasidan savollari bilan murojaat qildilar.
Tadbir nihoyasida muassasa jamoasining Federatsiyaning Quva tuman jamiyati bilan ijtimoiy sheriklik borasidagi hamkorlik aloqalarini davom ettirishga kelishib olindi.
Feruzaxon Umurzaqova
Quva tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment