Kasb-hunar maktabi jamoasi bilan uchrashildi

Kasb-hunar maktabi jamoasi bilan uchrashildi

Oltiariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi 1-kasb-hunar maktabi jamoasi ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkillandi.

Tadbirda kun tartibidagi masalalar yuzasidan tuman jamiyati raisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Baxtiyor Abduraxmonov so‘z olib, mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatining joriy holati, istiqboldagi rejalar, Federatsiya va uning hududiy organlari tomonidan aholini mazkur ijtimoiy harakatga keng jalb qilish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olgan maktab jamoasi vakillari tomonidan kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tilishi barobarida, jamoa a’zolarini kundalik turmush va ish faoliyatlari davomida iste’molchi sifatida qiynab turgan muammoli vaziyatlar yuzasidan savollari bilan murojaat qildilar va tadbir tashkilotchilari tomonidan o‘z savollariga javoblar oldilar.

Rasmda tadbirdan lavha.

Dilobar Dadaxonova
OLtiariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment