Transport korxonasi mas’uli bilan dolzarb masalalar muhokamasi o‘tkazildi

Transport korxonasi mas’uli bilan dolzarb masalalar muhokamasi o‘tkazildi

Uchko‘prik tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘ktazilayotgan targ‘ibot tadbirlari doirasida ularda ishtirok etgan ishtirokchilar tuman hududida aholiga yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatayotgan tashuvchilar belgilangan yo‘l kira haqlarining keskin oshirib yuborganliklaridan norozi bo‘lib murojaatlar qilishgandi.

Bugun tuman jamiyatida mazkur murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan Transport boshqarmasining tumanga biriktirilgan inspektori B. Tursunov, «Al’fatrans» MChJ mutaxassisi Sh. Boltaboev va tuman jamiyati raisi L. Shodmonov ishtirokida uchrashuv tashkillandi.

Uchrashuvda yo‘lovchi tashishi faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona vakili bilan O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni talablarini, shuningdek tuman hokimining bu boradagi topshiriqlari ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilinib, tegishli tavsiyalar berildi.

Rasmda muhokamalar jarayonidan lavha.

Nargizaxon Sheraliyeva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment