Deputatlar aholiga transport xizmatlari ko‘rsatish masalalarini muhokama qildilar

Deputatlar aholiga transport xizmatlari ko‘rsatish masalalarini muhokama qildilar

Xalq deputatlari Uchko‘prik tuman Kengashining “Sanoat, transport, qurilish, kommunal masalalar va aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha doimiy komissiyasi» yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari ham ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev rahbarligida 2020 yil 30 noyabr’ kuni o‘tkazilgan “Toshkent shahri va hududlarda jamoat transportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 96-sonli yig‘ilish bayonida belgilangan topshiriqlar yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasi o‘tkazildi. Yig‘ilish doirasida tuman aholisiga jamoat transportidan foydalanish qulayligini hamda yengilligini oshirish, shuningdek, faoliyat ko‘rsatayotgan avtobus yo‘nalishlari rentabelligini o‘rganish hamda zarurat tug‘ilgan hollarda yo‘nalishlarni optimallashtirish tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida ham kelishib olindi.

Nargizaxon Sheraliyeva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment