Iste’molchilik ijtimoiy harakatini rivojlantirilishidan barchamiz manfaatdormiz

Iste’molchilik ijtimoiy harakatini rivojlantirilishidan barchamiz manfaatdormiz

Tizimda e’lon qilingan «Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi» doirasida Uchko‘prik tuman jamiyatimiz mas’ullari tumandagi 25-umumta’lim maktabida «Iste’molchi kim? Uning huquq va burchlari nimalardan iborat?» mavzusida o‘quv seminari o‘tkazishdi.

Tadbirda ta’kidlandiki, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish juda keng soha bo‘lganligi, ko‘plab qonunlar va qonunosti me’yoriy hujjatlarni o‘z ichiga qamrab olishi boisidan, ushbu yo‘nalishda mamlakatimizdagi iste’molchilik ijtimoiy harakatini yanada rivojlantirishdan, Federatsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlanishidan ko‘pchilik manfaatdordir.

Shuningdek, seminar doirasida tayanch guruhlari va a’zolarining iste’molchilik ijtimoiy harakati va Federatsiya faoliyatidagi ishtiroki, faol fuqarolarni ijtimoiy harakatga jalb etish, tayanch guruhlari va iste’molchilarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilishda qatnashish, Federatsiya Ustavi va ichki tartibiy hujjatlari bilan belgilangan boshqa vazifalarni amalga oshirish borasida mazkur jamoalar oldida turgan vazifalar muhokamasi ham o‘tkazildi.

Nargizaxon Sheraliyeva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment