Muammo o‘rnida bartaraf etildi
Bag‘dod tumanida yashovchi Sh.To‘ychiev tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga qilgan og‘zaki murojaatida unga tashlab ketilgan suyultirilgan gaz ballonida nuqson borligi sababli gaz idorasi xodimlariga uni almashtirish to‘g‘risida murojaat qilganligi, lekin gaz ballonini almashtirish ishlari cho‘zilib ketganligi masalasida murojaat qilgan.
Tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan iste’molchi murojaatida ko‘rsatilgan holat gaz ta’minoti korxonasi xodimi V.Aminjonov hamda murojaat egasi ishtirokida o‘ganilganda, fuqaro xonadoniga joriy yilning 5 mart kunida unga tashlab ketilgan suyultirilgan gaz ballonini ishlatish uchun ulaganda, gaz ballonining krani nosozligi kuzatilganligi va natijada iste’molchi gaz ballonidan foydalanishda muammolarga duch kelganligi ma’lum bo‘ldi. Holat joyida o‘rganilib, tuman gaz idorasi tomonidan iste’molchiga soz holatdagi gaz balloni yetkazib berildi.
Murojaatini o‘rganish ishlaridan qoniqish hosil qilgan iste’molchi Sh. To‘ychiev tuman jamiyati mutaxassislariga minnatdorchilik xatida, Federatsiya tizimidagi tashkilotlar faoliyati, bugungi kunda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarishda jamoatchilik nazoratining tutayotgan o‘rni va ahamiyati, buning natijasida erishilayotgan natijalar haqida o‘zining iliq fikrlarini bildirdi.
Dilorom Mirzaeva
Bag‘dod tuman IHHQ jamiyati mutaxasisi
Post Comment