Yana bir ta’lim maskanida tadbir o‘tkazildi
Uchko‘prik iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari tumandagi 27-umumta’lim maktabida “Iste’molchi kim? Uning huquq va burchlari nimalardan iborat?” mavzusida o‘quv seminar o‘tkazishdi.
Tadbirda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasiga oid qonunlar va qonunosti me’yoriy hujjatlar, mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatini yanada rivojlantirish, Federatsiya va uning hududiy organlari faoliyatiga oid masalalar yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi.
Shuningdek, targ‘ibot tadbiri doirasida tayanch guruhlari va a’zolarining iste’molchilik ijtimoiy harakati va Federatsiya faoliyatidagi ishtiroki, faol fuqarolarni ijtimoiy harakatga jalb etish, tayanch guruhlari va iste’molchilarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilishda qatnashish, Federatsiya Ustavi va ichki tartibiy hujjatlari bilan belgilangan boshqa vazifalarni amalga oshirish borasida mazkur jamoalar oldida turgan vazifalar muhokamasi ham o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga tashkilotchilar tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.
Nargizaxon Sheralieva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment