Huquqiy bilimlar oshirildi
Toshloq tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan davra suhbati “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlandi.
Unda har bir inson iste’molchi sifatida qanday huquq va majburiyatlarga ega ekanligi, sohaga yurtimizda qaratilayotgan e’tibor, insonlarning manfaatlarini ko‘zlab olib borilayotgan say’-harakatlar haqida so‘z bordi. Shuningdek iste’molchi sifatida fuqarolarning huquq va majburiyatlari buzilgan taqdirda Federatsiya va uning hududiy organlariga murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari ham tushuntirildi.
O‘z navbatida bo‘lim xodimlari sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham mutaxassislarimizdan kerakli javoblarni oldilar.
Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment