Faol tayanch guruhlari faoliyati bilan yaqindan tanishilmoqda
Hududiy birlashmaning 2021 yil asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasiga asosan hududlardagi korxona, tashkilot, idora va muassalarida tashkillangan va Federatsiya faoliyatida munosib ishtirok etib kelayotgan tayanch guruhi faollari bilan hududiy birlashma rahbar xodimlarining uchrashuvlarini o‘tkazish belgilanganligi to‘g‘risida avval xabar berib o‘tgan edik.
Hozirda asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida tizimda “Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi” tadbirlari o‘tkazilayotgani ham bejizga emas.
Hududiy birlashma raisi o‘rinbosari Dilshodjon Fozilov va boshqa mas’ullar ana shu o‘tkazilayotgan tadbirlar samaradorligini o‘rganish, Federatsiya tizimidagi tayanch guruhlari faoliyati bilan tanishish maqsadida Farg‘ona tumanida bo‘lib, Madaniyat bo‘limi, Pensiya jamg‘armasi, Xalq ta’limi bo‘limlari rahbar va mas’ul xodimlari bilan uchrashdilar.
Uchrashuvlarda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish, ichki bozorda sotilayotgan iste’mol tovarlari va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning zarur sifati va xavfsizligini hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining boshqa talablarini ta’minlash, ishchi-xizmatchilarning iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ustidan olib boriladigan jamoatchilik nazoratida faol ishtirokini ta’minlash maqsadida tumanda iste’molchilik ijtimoiy harakatini yanada rivojlantirish hamda bu borada yaqindan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik olib borish masalalari muhokama qilindi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Post Comment