Quvadagi umumta’lim maktabida tadbir tashkillandi
Quva tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan 60-umumiy o‘rta ta’lim maktabida «Iste’molchilarning asosiy huquqlari» mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
O‘quv seminarida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi. Ta’kidlandiki, qonun ijrosini ta’minlashda keng jamoatchilikning ishtiroki zarur, shu nuqtai nazardan ham Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabrdagi «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 414-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qaror bilan yurtimizda iste’molchilarning qonunning 4-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan asosiy huquqlaridan biri – iste’molchilar jamoat birlashmalarini tuzish huquqlari ro‘yobga chiqarilganligi, ya’ni O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlavri federatsiyasi tashkil topganligi e’tirof etib o‘tilgan edi.
Tadbir doirasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga Quva tuman jamiyati mas’ul xodimlari tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.
Feruzaxon Umurzaqova
Quva tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment