Ishchi xodimlarga qonunlar targ‘iboti o‘tkazildi

Ishchi xodimlarga qonunlar targ‘iboti o‘tkazildi

Uchko‘prik tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari tomonidan tumandagi tashkilot, korxona, idora va muassasalarda davra suhbati, o‘quv seminari va boshqa shu kabi shakllardagi targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tizimli asosda o‘tkazib kelinmoqda.

Shunday tadbirlardan biri tuman hokimligi Majlislar zalida tashkillanib, «Iste’molchilik huquqlaringizni bilasizmi?» deb nomlandi va unda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi ishchi xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida ishtirokchilarga iste’molchilik ijtimoiy harakatining vujudga kelishi va bugungi holati, mamlkatimizda Federatsiya va uning hududiy organlari faoliyati, iste’molchilik sohasiga oid qonun va qonunosti me’yoriy hujjatlari mazmun-mohiyati yuzasidan axborotlar berib o‘tilib, ularning iste’molchilik sohasiga oid savollariga batafsil javoblar qaytarildi.

Nargizaxon Sheraliyeva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment