Fuqarolar murojaatlari yechimini topmoqda
Viloyat hokimining Farmoyishiga asosan aholiga yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmuni va ahamiyati, olib borilayotgan islohotlarning mohiyatini tushuntirish hamda fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berish maqsadida Toshloq tumanining Qamchifurush, Qo‘rg‘oncha, Piyozchilik, Hamrak mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi fuqarolar uchun “Huquqiy axborot kuni” o‘tkazildi.
Tadbirda xuquq tartibot organlari va barcha davlat tashkilotlari mutaxassislar qatorida tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari ham ishtirok etishdi. Unda mutaxassislar tomonidan fuqarolarga qonunchilikdagi yangiliklar bo‘yicha ma’lumotlar berildi hamda turli yo‘nalishlar va mavzular bo‘yicha huquqiy ma’lumotlar tasvirlangan flayerlar tarqatildi.
Uchrashuvda yuzlab aholi vakillari o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish maqsadida ishtirok etishdi. Shundan 40 dan ortiq fuqarolarning murojaatlariga joyida huquqiy tushuntirish va maslaxatlar berildi. Tadbirda ishtirok etgan barcha tashkilotlar mutaxassislari tomonidan o‘z sohalari bo‘yicha qilingan 38 nafar fuqarolarning murojaatlari ish yurituvga qabul qilindi.
Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment