Bozorlarda sotilayotgan mahsulotlar xavfsizligi ta’minlayaptimi? || Buvaydada holat qanday?
Hududiy birlashma ishchi guruhi va Farg‘ona viloyat televideniesi hamkorlikda Buvayda tumani markazidagi Dehqon bozorida bo‘linib, u yerda Veterinariya sanitariya ekspertiza laboratoriyasi faoliyati bilan tanishildi.
Avval xabar berib o‘tganimizdek, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunlaridan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabridagi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 414-sonli qarori hamda Federatsiya Ustavidan kelib chiqqan holda, shuningdek hududiy birlashmaning 2021 yil asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasiga asosan viloyatimiz hududidagi markaziy Dehqon bozorlarida veterinariya sanitariya ekspertiza laboratoriyalari faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi, ularning moddiy-texnik ta’minlanganligi, laboratoriyalar tomonidan bozor hududlarida sotilayotgan go‘sht va go‘sht mahsulotlari, baliq mahsulotlari, meva va sabzavotlar hamda poliz mahsulotlarini sotishga tegishli ruxsatnomalar berilishi holatlarini jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganib chiqilmoqda.
Bu galgi o‘rganishlar Buvayda tumanida o‘tkazildi. O‘rganishlar doirasida Veteraniya sanitariya ekspertiza laboratoriyasi faoliyati bilan tanishish barobarida sotuvchilar bilan suhbatda bo‘linib, ularga amaldagi «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunchilik talablarini targ‘iboti ham o‘tkazildi.
Post Comment