O‘z huquqlaringizni bilasizmi?

O‘z huquqlaringizni bilasizmi?

Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan 6-sonli umumta’lim maktabida tashkillangan tadbir “O‘z huquqlaringizni bilasizmi?” deb nomlanib, unda maktab o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirda ishtirokchilarga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati, bugungi kunda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirshi borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.

O‘tkazilgan tadbir doirasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga Quvasoy shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan javoblar qaytarildi.

Axadjon Rasulov
Quvasoy shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment