Tuman jamiyatining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Furqat tumanida ham iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining 2016-2020 yillar va 2021 yilning o‘tgan davri sarhisobiga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda hisobot davrida iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish yo‘lida olib borilgan ishlar tahlil qilinib, tuman jamiyatining kelgusi rejalari yig‘ilish ishtirokchilari bilan o‘rtoqlashildi.
Yig‘ilish jamiyat raisi Bekzod Ibragimovning tuman jamiyati tomonidan o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotini tingladi va ma’qulladi.
Shuningdek, Federatsiyaning hududdagi tayanch guruhlari faollari ichidan hududiy birlashmaning navbatdagi konferensiyasida ishtirok etuvchi vakillar ham saylab olindi.
Umumiy yig‘ilish ishida hududiy birlashma sektor boshlig‘i F.Boynazarov ishtirok etdi.
Gulnigor Qayumova
Furqat tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment