Kreditga olingan tovar nuqsonli chiqdi

Kreditga olingan tovar nuqsonli chiqdi

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga O‘rdabog‘ mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarodan murojaat kelib tushdi.

Murojaatda bayon qilinishicha, fuqaro joriy yilning sentyabr oyida “Ishonch” kredit savdo do‘konidan, shartnomada ko‘rsatilgan summani bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan, 13273400 (o‘n uch million ikki yuz yetmish uch ming to‘rt yuz) so‘mga Notebook sotib olgan. Lekin fuqaro sotib olgan mobil qurilmada ma’lum bir muddat o‘tib nuqsonlar kuzatilganligi sababli “Ishonch” kredit do‘koni mas’ul xodimlariga nuqsonli tovarni maqbul sifatdagisiga almashtirish masalasida murojaat etgan. Biroq masala shu kunga qadar ijobiy hal bo‘lmasdan kelgan.

Murojaatni Uchqo‘rg‘on tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilishi jarayonida kredit savdo do‘koni va fuqaro o‘rtasida tuzilgan shartnomani bekor qilinishiga, shuningdek fuqaroga 100 000 (yuz ming) so‘m tovon puli ham undirib berilishiga erishildi.

Qodirov Abdullajon
Uchqo‘rg‘on tuman jamiyati raisi

Post Comment