Xotira ulug‘, qadr muqaddas

Xotira ulug‘, qadr muqaddas

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov Toshloq tuman jamiyatining sobiq raisi, marhum Mirzaumarov Ergashboy Qodirovichni xonadonida bo‘lib, u kishining oila a’zolari va yaqinlari bilan muloqot qildi. Muloqot davomida marhumning insoniy fazilatlari, o‘z ishiga bo‘lgan munosabati, Federatsiya tizimida erishgan yutuqlari esga olib o‘tildi.

E.Mirzaumarov Federatsiyaning jonkuyar xodimlaridan biri edi. Tuman jamiyatining to‘laqonli faoliyatini yo‘lga qo‘yilishi u kishining nomi bilan bog‘liq. Ish faoliyati davomida u hamkasblari o‘rtasida o‘ziga xos obro‘-e’tibor qozongan edi. Federatsiya Ustavi bilan belgilab berilgan vazifalar, shuningdek o‘z xizmat vazifalarini ijrosini ta’minlash borasidagi fidokorona mehnati bir necha marta Federatsiya markaziy apparati, shuningdek viloyat hududiy birlashmasi tomonidan e’tirof etilib, bir necha marotaba faxriy yorliq va tashakkurnomalarga sazovor bo‘lgandi. Ergashboy aka bugun oramizda yo‘q bo‘lsada, uning shogirdlari, hamkasblari u boshlagan ishlarni munosib davom ettirib kelmoqdalar.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Post Comment