Tibbiyot xodimlari huzurida
Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari hududdagi korxona, tashkilot, idora va muassasalarda turli shakllardagi ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o‘tkazib borayotganligi haqida xabarlar berib boryapmiz. Shunday tadbirlardan biri shahar 1-sonli shifoxonasida ham o‘tkazildi.
Tadbirda Federatsiyaning mazkur shifo maskanida tashkillangan tayanch guruhi a’zolariga iste’molchilik ijtimoiy harakatining jamiyat hayotida tutgan o‘rni va roli, mazkur harakatning aholining huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirishdagi ahamiyati, Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari tomonidan bu borada olib borilayotgan ishlar xususida tushuntirishlar berib o‘tildi.
Tayanch guruhi a’zolarini Federatsiya faoliyatida, shuningdek jamoatchilik nazorati ishlarida faol ishtirok etishga chaqirildi.
Tadbir doirasida muassasa xodimlarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, huquqiy maslahatlar berildi.
Asrorjon Mamatqulov
Qo‘qon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment