Sohaga daxldor idoralar bilan hamkorlik tadbirlar samaradorligini oshirmoqda
Quvasoy shahar istemolchilar hukuklarini himoya kilish jamiyati mas’ullari tashabbusi asosida sohaga daxldor davlat boshqaruvi idoralari bilan hamkorlikdagi tadbirlar davom etadi.
Xususan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Sanitar-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining shahar bo‘limlari mas’ullari bian hamkorlikda o‘tkazilayotgan tadbirlarda ta’lim muassasalari xodimlari bilan yuzma-yuz muloqotlar olib borilib, ularga amaldagi qonunchilik asoslari, iste’molchi huquqlari, iste’mol madaniyati, iste’molchilik ijtimoiy harakati kabi tushunchalar bo‘yicha tushuntirishlar berilmoqda.
Shuning barobarida ularni qiziqtirgan savollarga ajvoblar qaytarilib, iste’molchilik huquqlari buzilganda qanday harakatlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqligi yuzasidan ham tushunchalar berib borilsmoqda.
Shunday shakldagi tadbirlar Quvasoy shahridagi 10 hamda 22-maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham bo‘lib o‘tdi.
Sherzodjon Mizamidinov
Quvasoy shahar jamiyati raisi
Post Comment