Ishchi va xizmatchilarning muammo hamda takliflari tinglanmoqda
Yozyovon tuman iste’molchilar hukuklarini himoya kilish jamiyati mas’ullari joylarga chiqqan holda hududdagi korxona va tashkilotlar ishchi va xizmatchilari bilan uchrashmoqdalar. Uchrashuvlarda aholi vakillarining sohaga oid muammo hamda takliflari o‘rganilmoqda.
Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi ishchi va xodimlari ishtirokida ana shunday tadbirlardan biri o‘tkazildi. Yuzma-yuz muloqot doirasida ishtirokchilarga amaldagi qonunchilik asoslari, iste’molchi huquqlari, iste’mol madaniyati, iste’molchilik ijtimoiy harakati, iste’molchilik huquqi buzilganda qanday harakat qilish yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi.
Muloqot davomida ishchi va xodimlarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, ularning sohaga oid muammolari va takliflari tinglandi hamda huquqiy maslahatlar, amaliy yo‘l-yo‘riq va ko‘rsatmalar berildi.
Tuman jamiyati tomonidan bunday shakldagi tadbirlar tizimli asosda davom ettirilmoqda.
Shavkatjon Saidov
Yozyovon tuman jamiyati bosh mutaxassisi
Post Comment