Madaniyat sohasi xodimlari iste’molchilik ijtimoiy harakatining faol ishtirokchilari
Toshloq tumanidagi ko‘pgina korxona, tashkilot, idora va muassasalarda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining tayanch guruh (boshlang‘ich tashkilot)lari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shulardan biri tuman Madaniyat bo‘limidagi tayanch guruhidir.
Mazkur tashkilot va Toshloq tuman jamiyati o‘rtasida uzviy aloqa yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, unda mehnat faoliyati olib borayotgan madaniyat xodimlariga iste’molchilik sohasiga oid amaldagi qonunchilik asoslari, iste’molchi huquqi, iste’mol madaniyati kabi tushunchalar begona emas. Sababi tayanch guruhi faollariga doimiy asoslarda ushbu yo‘nalishda targ‘ibot ishlari olib borilmoqda hamda ularni sohaga oid yangiliklardan xabardorligi ta’minlanmoqda.
Tashkilotda tez-tez o‘tkazib turiladigan muloqotlarda esa ularning mazkur yo‘nalishdagi murojaatlari, sohani rivojlantirish borasidagi fikr va mulohazalari hamda takliflari tinglab boriladi.
Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman jamiyati mutaxassisi
Post Comment