Davlat dasturlari ijrosi ta’minlanishida ta’lim tizimi tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik olib boriladi
Hududiy birlashma tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi” bilan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlanishi ishlariga hissa qo‘shish maqsadida davlat boshqaruvi idoralari bilan hamkorlikda turli chora-tadbirlar rejalari hamda dasturlari ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etilmoqda. Xuddi shunday dasturlardan biri viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqildi.
Hududiy birlashma raisi Ahrorjon Asqaralievich Raxmonaliev va viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Abdumutalovich Dolimov o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvda Taraqqiyot strategiyasining tegishli bandlari asosida hamkorlik borasida ishlab chiqilgan ana shu chora-tadbirlar rejasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Chora-tadbirlar rejasidan ko‘zlangan asosiy maqsad tizim tashkilotlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonuni asosida yaqindan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, qonun bilan belgilab berilgan huquq va vakolatlardan foydalangan holda, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi va “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunlari, shuningdek Taraqqiyot strategiyasining qonun ijodkorligi jarayonida fuqarolik institutlari bilan maslahatlashuvlar, xalq bilan muloqot mexanizmlarini takomillashtirish, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, fuqarolar o‘rtasida qonunga hurmat hissini shakllantirish, ta’lim sohasiga taalluqli bandlari ijrosini ta’minlanishida o‘zaro hamkorlik qilishdan iboratdir.
Ikki tashkilot rahbari o‘rtasida o‘tkazilgan muhokama va o‘zaro fikr almashuvlardan so‘ng tashkilotlar o‘rtasida hamkorlikni ko‘zda tutuvchi yuqoridagi chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi va ijroga qaratildi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Post Comment