«Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni» arafasida

«Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni» arafasida

Dang‘ara tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari har yili 15 mart kunida dunyo bo‘yicha keng nishonlanadigan «Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni» arafasida tumandagi ta’lim dargohlari xodimlari ishtirokida turli ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazmoqdalar. Tumandagi 4-maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbiri shulardan biri.

Tadbirlardan ko‘zlangan maqsad, Federatsiyaning tayanch guruhlari tashkillangan ta’lim muassasalarida tayanch guruhi a’zolari holidan xabar olish, tashkillanmagan muassasalarda xodimlar (iste’molchilar)ni iste’molchilik ijtimoiy harakatiga jalb qilish, ularning huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini yanada oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish, aholining keng qatlamlarini sohaga oid yangiliklardan xabardor qilish va boshqalardan iborat.

Tadbir doirasida aholi vakillarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilmoqda, huquqiy maslahatlar berilmoqda, shuningdek qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar tegishli ravishda qayd qilib olinib, ularni hal qilish choralari ko‘rilmoqda.

Raufjon Tuychiev
Dang‘ara tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment