O‘quvchilar iste’molchilik sohasiga oid bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar
Hududiy birlashma tashabbusi bilan viloyat hududidagi ta’lim muassasalarida o‘quvchi yoshlarning amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish qonunchiligi yuzasidan bilimlari darajasini sinovdan o‘tkazish, bu borada olib borilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish maqsadida, tanlov asosida, hududdagi oliy, o‘rta-maxsus va umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida test sinovlari o‘tkazilayotganligi xususida xabarlar berib o‘tgandik.
Hududiy birlashma topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Quvasoy shahar jamiyati mas’ullari tomonidan ham hududdagi 1 va 2-IDUMda hamda 1, 2, 4, 5, 6, 8, 22, 27, 28, 29 maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida test sinovlari o‘tkazildi.
Test sinovlarini o‘tkazish asnosida o‘quvchilarga mamlakatimizning iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligi, yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati kabi masalalarda qiziqarli ma’lumotlar ham berib o‘tilib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.
Test sinovlari natijalari maxsus shakldagi jadvalga umumlashtirilgan holda hududiy birlashmaga taqdim etildi.
Sherzodjon Mizamidinov
Quvasoy shahar jamiyati raisi
Post Comment