Iste’molchilik bilimlari sinovdan o‘tkazildi

Iste’molchilik bilimlari sinovdan o‘tkazildi

Uchko‘prik tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari tumandagi 29-maktabda 15 mart – «Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni»ga bag‘ishlab tadbir o‘tkazishdi. Tadbirga maktabning 10-sinf o‘quvchilari taklif etildi.

Dastlab o‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni ayrim moddalari bo‘yicha o‘z bilimlarini namoyish qildilar. Shundan so‘ng ularning bilimlari iste’molchilik ijtimoiy harakatini vujudga kelishi va mamlakatimizda qaror topishi yuzasidan test sinovlari vositasida ham sinab ko‘rildi.

Tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan tadbir doirasida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy organlari faoliyati yuzasidan ham ma’lumotlar berib o‘tildi.

Tadbir yakunida tuman jamiyati tomonidan maktabning kutubxona fondiga badiiy kitoblar to‘plami sovg‘a qilindi.

Nargizaxon Sheralieva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment