Biz yoshlar kelajagiga befarq emasmiz

Biz yoshlar kelajagiga befarq emasmiz

Oltiariq tumanidagi 42-sonli umumta’lim maktabida «Biz yoshlar kelajagiga befarq emasmiz» shiori ostida seminar o‘tkazildi. Seminarda tumanning Fayzobod hududida joylashgan maktablarning direktorlari va tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari qatnashdilar.

Seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida tashkillanib, unda maktab o‘quvchilari olgan bilimlarini va intelektual salohiyatlarini, o‘zlarining amaliy ishlarini, shuningdek sportga bo‘lgan qiziqishlarini ko‘rgazmalar vositasida namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Shu kunlarda maktablarda Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan turli tadbirlar ham o‘tkazib borilmoqda. Shunday tadbirlardan biri tumandagi 17-maktabda ham tashkillanib, unda tuman jamiyati raisi B.Abduraxmonov ishtirok etdi hamda maktab mehnat jamoasi va o‘quvchi yoshlarga mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyati xususida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Dilobar Dadaxonova
Oltiariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment