Oilaviy poliklinika xodimlari bilan ochiq muloqot tashkillandi

Oilaviy poliklinika xodimlari bilan ochiq muloqot tashkillandi

Farg‘ona shahridagi 4-oilaviy poliklinikada iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari ishtirokida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda sog‘liqni saqlash boshqarmasi va hududiy birlashma hamkorligida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi ijrosi xususida so‘z bordi.

Oldin xabar berib o‘tganimizdek, hududiy birlashma va sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida Taraqqiyot strategiyasining tegishli maqsadlari ijrosini ta’minlashda hamkorlikda olib boriladigan ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi belgilab olingandi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad esa aholining keng qatlamlarini iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik bo‘yicha huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, davlat boshqaruvi va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari ishtiroki darajasini oshirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholining muammolarini tizimli o‘rganish va hal etilishida samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, oqibatda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish ishlarini son va sifat jihatidan yuqoriroq darajaga ko‘tarishdan iboratdir.

Poliklinikada o‘tkazilgan mazkur tadbirda ham ana shu chora-tadbirlar rejasi asosida hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan sohaga oid boshqa masalalar yuzasidan ham tushuntirishlar berib o‘tildi.

Azamatjon Babayev
Farg‘ona shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment