Yuksak iste’mol madaniyatini targ‘ib qilish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilmoqda

Yuksak iste’mol madaniyatini targ‘ib qilish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilmoqda

Quva tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari tomonidan 47-umumta’lim maktabi pedagog xodimlari ishtirokida “Yuksak iste’mol madaniyati sari” mavzusi ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda ishtirokchilarga mamlakatimizda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik, sohaga oid qonunlar va qonunosti me’yoriy hujjatlari mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi. Shuningdek, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy tuzilmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, Federatsiya tomonidan joylarda va xalqaro maydonda keng qamrovli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha olib borilayotgan say’-harakatlar yuzasidan ham ma’lumotlar berib o‘tildi.

Muloqot doirasida ishtirokchilarning iste’molchilik sohasiga oid murojaatlari tanglanib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi, shuningdek ularning sohani rivojlantirish borasidagi fikr va mulohazalari hamda takliflari ham eshitildi.

Feruza Umurzaqova
Quva tuman jamiyati mutaxassisi

Post Comment