Murojaat qanoatlantirildi

Murojaat qanoatlantirildi

Fuqaro M.Abduraxmonovaning otasi A.Yormatovning xonadoni tumangaz idorasi tomonidan gaz balloni bilan ta’minlanishi paysalga solinayotganligi xususida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 1091 qisqa raqamli yagona ishonch telefoniga murojaati Beshariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi.

O‘rganish ishlari doirasida iste’molchiga maishiy gaz ballonini vaqtincha foydalanishga berish bo‘yicha fuqaro tomonidan Nizom talablari bo‘yicha taqdim etilgan zarur hujjatlar qabul qilinib, Ye-GAZ dasturiga kiritildi va 2022 yil 17 mart kunidan suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘yicha 21368-sonli shartnoma tuzildi, xonadon maxsus ID-karta va 55 litrli 1 dona maishiy gaz balloni bilan ta’minlandi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar davomida tumangaz idorasi mas’ullariga fuqarolar murojaatlariga e’tiborli bo‘lish, bu boradagi tartib va qoidalarga amal qilish zarurligi tushuntirildi.

Baxtiyor Jurayev
Beshariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment