Tibbiyot xodimlari bilan muloqot tashkillandi

Tibbiyot xodimlari bilan muloqot tashkillandi

Bugun Marg‘ilon shahar Tug‘ruq kompleksida mehnat faoliyati olib borayotgan tibbiyot xodimlari ishtirokida Federatsiya tizimidagi tashkilotlar va sog‘liqni saqlash muassasalari o‘rtasida ishchi-xizmatchilarning iste’molchilik huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar dasturlari muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olgan Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari tomonidan ikki tizim tashkilotlari o‘rtasida olib borilayotgan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik, xususan Taraqqiyot strategiyasining tegishli maqsadlari bo‘yicha ijtimoiy sheriklik va hamkorlikni ko‘zda tutuvchi chora-tadbirlar rejasi ijrosi borasida to‘xtaldilar. Ishtirokchilarga mazkur hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar dasturidan ko‘zlangan maqsad aholining keng qatlamlarini iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik bo‘yicha huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, davlat boshqaruvi va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari ishtiroki darajasini oshirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholining muammolarini tizimli o‘rganish va hal etilishida samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, oqibatda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish ishlarini son va sifat jihatidan yuqoriroq darajaga ko‘tarishdan iboratligiga alohida urg‘u berib o‘tildi.

Tadbir doirasida tibbiyot xodimlarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, ularga iste’molchilik sohasiga oid masalalarda huquqlari buzilgan taqdirda Federatsiya va uning hududiy tashkilotlariga murojaat qilish tartiblari tushuntirildi.

Saidxon Xapizov
Marg‘ilon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment