Birlamchi ehtiyoj tovarlari aholiga manzilli yetkazib berilayaptimi?

Birlamchi ehtiyoj tovarlari aholiga manzilli yetkazib berilayaptimi?

Hukumatimiz tomonidan don, un va nonni sotishga, shuningdek mamlakatning donni qayta ishlash tarmog‘iga bozor mexanizmlarini joriy qilish, un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga qo‘shimcha harajatlarni qoplash uchun kompensasiyalar to‘lashning samarali mexanizmlarini yaratish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinib ijroga qaratilgan.

Shu bilan bir qatorda joylarda aholining un mahsulotlariga ehtiyoji kattaligi va aksariyat hollarda un mahsulotlarining aholiga manzilli yetkazib berilmayotganligi ularning noroziliklariga sabab bo‘lmoqda. Farg‘ona viloyat hokimligi tasdiqlagan taqsimotiga ko‘ra, Davlat resurslari hisobidan ajratiladigan un fondini iste’molchilarga yetkazib berish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganish hamda bu boradagi murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlash asosiy vazifa etib belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasining «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi va «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunlari shuningdek, Prezidentimizning 2018 yil 4 maydagi «Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5430-sonli Farmoni talablaridan kelib chiqib, hududlarda aholiga un mahsulotlarini yetkazib berilishi va sotilishini tahliliy-o‘rganish va ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazish, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli vakolatli davlat organlariga zarur takliflarni berish (kiritish) maqsadida viloyat hududidagi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan o‘rganish ishlari o‘tkazilmoqda.

Berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari tomonidan ham tizimli asosda ishlar olib borilmoqda.

Asrorjon Mamatqulov
Qo‘qon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment