Farg‘ona viloyat sudlari brifing o‘tkazdi

Farg‘ona viloyat sudlari brifing o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2018 yil 13 iyuldagi PF-5482-son Farmoni 1-bandida, sudlar faoliyati to‘g‘risida jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarini xabardor qilish maqsadida har chorakda viloyat sudlari raislari va ularning o‘rinbosarlari tomonidan brifinglar o‘tkazish belgilangan edi.

Bugun Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona shahridagi Matbuot uyida Farg‘ona viloyat sudi va viloyat ma’muriy sudining raislari hamda ularning o‘rinbosarlari sudlarning 2022 yilni 3 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ommaviy axborot vositalari vakillari hamda jamoatchilik vakillariga axborot berdilar.

Tadbirda ishtirokchilarga Farg‘ona viloyat sudi, Farg‘ona viloyat ma’muriy sudi, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari tomonidan o‘tgan davrda ko‘rilgan jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy hamda ma’muriy ishlar tahlili yuzasidan axborotlar berib o‘tildi hamda tadbirning ikkinchi qismida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Mazkur tadbirda viloyat hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlarining mutaxassislari ham faol ishtirok etdilar.

Hududiy birlashma axborot xizmati

Post Comment