Bag‘dodda jamoatchilik nazorati tartibidagi o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda

Bag‘dodda jamoatchilik nazorati tartibidagi o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida “Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, jahon iqtisodiyotidagi murakkab vaziyatdan kelib chiqib hudud va tarmoqlarni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish masalalari” bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari tomonidan viloyat, shahar va tumanlarda oziq-ovqat, ayniqsa, un, shakar va o‘simlik yog‘ining narxini joylarda yurib o‘rganish va barqarorligini ta’minlash, shuningdek, kirib kelgan Ramazon oyida narxlarning barqarorligini saqlash uchun tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatib, narxlarni arzonlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarning ko‘rilishi yuzasidan vazifalar belgilab berilgan edi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, Bag‘dod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi va “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlari shuningdek, Prezidentimizning 2018 yil 4 maydagi “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5430-sonli Farmoni talablari asosida, jamoatchilik nazorati tartibida kuzatuv (o‘rganish)lar o‘tkazib bormoqdalar.

O‘rganish natijalari, shuningdek aholi o‘rtasida o‘tkaziladigan so‘rovlar yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralariga kiritilishi rejalashtirilgan.

Dilorom Mirzayeva
Bag‘dod tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment