Farg‘ona viloyat bolalar kutubxonasiga kitoblar jamlanmalari hadya qilindi

Farg‘ona viloyat bolalar kutubxonasiga kitoblar jamlanmalari hadya qilindi

Joriy yilning 18-23 aprel kunlarida viloyatimizda “Kitobxonlik haftaligi” o‘tkazilmoqda. Haftalik doirasida turli madaniy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rik-tanlov va viktorinalar, kitobxonlik kechalari o‘tkazilishi barobarida, viloyatimizdagi korxona, tashkilot, idora va muassalar tomonidan kutubxonalar, ta’lim muassasalari kitob fondiga turli janrlardagi kitoblarni hadya qilish ham an’anaga aylangan.

Bugun O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi jamoasi ham bugun «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasining Farg‘ona viloyat bo‘limi mas’ullari bilan hamkorlikda viloyat bolalar kutubxonasiga tashrif buyurdilar.

Kutubxonada mazkur munosabat bilan tashkillangan tadbirda so‘z olgan hududiy birlashma raisi Ahrorjon Raxmonaliev hamda xayriya jamg‘armasining viloyat bo‘limi direktori Nurillo Xudoyberganovlar o‘z hayotiy tajribalari asosida kitob mutolaa qilishning inson kamolotga yetishidagi, shuningdek o‘z sevgan kasbini egallashidagi o‘rni va ahamiyati xususida gapirib o‘tdilar. Insonning bilimli hamda dunyoqarashi keng bo‘lishida, albatta, kitobning ahamiyati beqiyosliliga ham alohida urg‘u berib o‘tildi.

Shundan so‘ng hududiy birlashma va xayriya jamg‘armasi rahbarlari kitoblarni viloyat kutubxonasi ma’murlariga topshirdilar.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Post Comment