Tez tibbiy yordam bo‘limi xodimlari ishtirokida tadbir o‘tkazildi

Tez tibbiy yordam bo‘limi xodimlari ishtirokida tadbir o‘tkazildi

Marg‘ilon shahar Markaziy shifoxonasining tez tibbiy yordam bo‘limi xodimlari ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda hududiy birlashma hamda sog‘liqni saqlash boshqarmasi o‘rtasida imzolangan Taraqqiyot strategiyasining tegishli bandlari bo‘yicha ijtimoiy sherik va ahmkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasidan kelib chiqadigan vazifalar, ularni amaliyotga tadbiq etish, ijrosini ta’minlash, tibbiyot muassalari bilan xodimlarning iste’molchilik huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida keng qamrovli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Tadbir doirasida ishtirokchilarga amaldagi qonunchilik iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligi asoslari, bu boradagi Hukumat qarorlari, ularning ijrosini ta’minlashda keng jamoatchilikning ishtirokini ta’minlash kabi masalalarda ham tushuntirishlar berib o‘tilib, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savolarga javoblar qaytarildi.

Saidxon Xapizov
Marg‘ilon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment