Targ‘ibot oyligidagi tadbirlar hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilyapti

Targ‘ibot oyligidagi tadbirlar hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilyapti

Toshloq tumanida “Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi” doirasida tumanda mavjud tayanch guruhlari faollari va a’zolari bilan uchrashuvlar davom etmoqda. Ularda o‘tkazilayotgan oylikning maqsad va muddaolari ishtirokchilarga tushuntirilishi barobarida jamiyat va tashkilotlar o‘rtasidagi aloqalar yanada mustahkamlanmoqda.

Toshloq tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabida “Yuksak iste’mol madaniyati sari” mavzusida o‘tkazilgan o‘quv tadbirida ham aynan shu masalalarga e’tibor qaratildi. Tadbirda tayanch guruhi faollari va a’zolariga Federatsiya faoliyati, amalga oshirilgan ishlar hamda loyihalar targ‘ib qilinib, fuqarolarning iste’molchi sifatidagi buzilgan huquqlarini tiklash amaliyoti bo‘yicha tashkilot xodimlariga ma’lumotlar berildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Istemolchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuniga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyati yuzasidan qisqacha tushuntirishlar berib o‘tildi.

Bu kabi targ‘ibot tadbirlarimiz joylarda davom etmoqda.

Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman jamiyati mutaxassisi

Post Comment