Hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Federatsiya topshirig‘iga asosan Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan “Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi” doirasida hududdagi Federatsiya tayanch guruhi faollari va a’zolari ishtirokida turli targ‘ibot va tushuntirish tadbirlari tashkillab kelinmoqda. Tuman Tibbiyot birlashmasi hamda tuman Madaniyat bo‘limida tashkillangan tayanch guruhi a’zolari ishtirokidagi davra suhbatlari ham ana shunday tadbirlar jumlasidan.

Tadbirlarda ma`ruzachilar tomonidan tayanch guruhlari a’zolariga Federatsiya va uning hududiy tuzilmalarida olib borilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumotlar berilib, bugungi kunga qadar tuman jamiyati tomonidan iste`molchilar foydasiga ijobiy hal etilgan murojatlarga alohida to`xtalindi. Shuningdek ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, ularni sohaga oid masalalardagi muammolari tinglandi qolaversa sohani yanada rivojlantirish masalalarida o‘zaro fikr va mulohazalar almashildi.
Davra suhbatlarida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishda joylardagi tayanch guruhlari hamda Federatsiya o‘rtasida ikki tomonlama manfaatli hamkorlik va ijtimoiy sheriklik yo‘nalishidagi ishlarni olib borish, aholi murojaatlari bilan ishlash va ularni samarali hal qilishdagi hamkorlik masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman jamiyati mutaxassisi

Post Comment